Bayden Florida shtatida favqulodda holat e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Florida shtatida yaqinlashib kelayotgan “Ien” tropik bo‘roni munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi va mahalliy hokimiyatlarga federal yordam ko‘rsatishni buyurdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun Prezident Bayden Florida shtatida favqulodda holat rejimini joriy qildi va tropik bo‘ron tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda mahalliy hokimiyat organlariga qo‘shimcha ravishda federal yordam ko‘rsatishni buyurdi”, deyiladi xabarda.

Baydenning buyrug‘ida, Florida hukumatiga AQSH Ichki xavfsizlik departamenti va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha Federal agentlik tomonidan yordam berish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Oq uy AQSH Prezidentining 27 sentyabr kuni Floridaga safari tropik bo‘ron tufayli qoldirilganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Alyaskaning g‘arbiy sohillari aholisi kuchli bo‘ron kelishiga hozirlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Ob-havo prognozlariga ko‘ra, u so‘nggi yillardagi eng kuchli bo‘ron bo‘ladi. Bo‘ron oqibatida kuchli shamollar va to‘lqinlar mintaqaga ta’sir qilishi kutilmoqda, bu esa suv toshqini va elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing