Bayden Davlat kotibi lavozimini kimga topshirishi mumkinligi aytildi
Olam
−
21 noyabr 2020
8187Hisob kitoblarga ko‘ra Prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan demokrat Jo Bayden Davlat kotibi lavozimida kimni ko‘rishni istayotganini aytdi. Bu haqda "The Hill" xabar bermoqda .
Xabarda aytilishicha, Baydenning nomzodi kim bo‘lishi hozircha aniq emas, ammo Obama ma’muriyatining sobiq rasmiysi, faxriy diplomat va Baydenning uzoq yillik hamkori Toni Blinken ushbu lavozimga nomzod sifatida ko‘rilyapti.
O‘tmishda Davlat departamentida 2-o‘rinni egallaganligi, shuningdek, Kapitoliy tepaligidagi va Obamaning Oq uyidagi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchining o‘rinbosari lavozimidagi ishlarini hisobga olgan holda, Blinken Vashingtonda ushbu lavozimga munosib nomzod sifatida qaralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkazilgandi. Saylov natijasi hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik demokrat Jo Bayden g‘alabasini tan olib ulgurdi.
LiveBarchasi