Bayden bugun benzin narxini pasaytirish bo‘yicha yangi choralarni e’lon qiladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 19 oktyabr kuni AQSH ma’muriyatining mamlakatda benzin narxini pasaytirish bo‘yicha yangi qadamlarini e’lon qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi. 

“Prezident so‘nggi bir necha oy ichida benzin narxining tushirilishini ta’minlash uchun tarixiy sa’y-harakatlarni amalga oshirdi”, deydi u CNN’ga. 

Qo‘shma Shtatlarda benzinning chakana narxining oshishi jahon bozorida neft narxining oshishi fonida qish oxirida boshlangan. AQSHda yoqilg‘i narxi iyun oyida eng yuqori cho‘qqiga chiqdi: bir gallon (3,79 dan 4,55 litrgacha bo‘lgan ingliz o‘lchovlar tizimidagi hajm o‘lchovi – tahr.) benzinning o‘rtacha narxi 5,016 dollarni tashkil etdi.

Yoz oylarida Prezident ma’muriyati neft zaxiralarini milliy zaxiradan chiqarish hisobiga mamlakatda benzin narxini jiddiy pasaytirishga erishdi. Narxlar 15% dan ko‘proq pasayib, gallon (3,785 litr) uchun 4 dollardan kamroqni tashkil etdi.

Shuningdek, “Reuters”ning AQSH ma’muriyati vakiliga tayanib yozishicha, AQSH hukumati mamlakatda energiya narxini cheklash chorasi sifatida yoqilg‘i eksportiga cheklov joriy etish imkoniyatini o‘rganmoqda. 

“Biz barcha mumkin bo‘lgan vositalarni, ichki bozorni barqaror ta’minlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan hamma narsani ko‘rib chiqmoqdamiz”, deya iqtibos keltirgan nashr. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Benzin

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing