Bayden AQSHning qochoqlar qabul qilish kvotasini belgiladi
Olam
−
28 Sentabr 2022
6392AQSH 2023 moliya yilida 125 000 qochoqni qabul qiladi. Amerika Prezidenti Jo Bayden tegishli kvotani belgiladi, deb xabar berdi “Associated Press” nashri.
“Jo Bayden limitni to‘rt baravar oshirdi”, deyiladi xabarda.
Bayden ma’muriyati o‘tgan yili qochqinlarni qabul qilish chegarasini oshirgan bo‘lsa-da, o‘tgan yili shtatlarga qabul qilingan qochqinlar soni bor-yo‘g‘i 20 mingni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bu raqam AQSHga mamlakatda faqat ikki yilgacha qolish imkonini beruvchi soddalashtirilgan tizim bo‘yicha kelgan 180 mingga yaqin ukrainalik va afg‘onni o‘z ichiga olmaydi.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar safarbarlikdan qochgan Rossiya fuqarolari uchun boshpana so‘rovlarini alohida ko‘rib chiqmoqchi.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning aytishicha, millatidan qat’i nazar, ta’qiblardan qochishni istagan har bir kishi AQSHdan boshpana so‘rashi mumkin.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi