Bayden AQSHda qurol savdosini taqiqlashga chaqirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden qonunchilarni mamlakatda hujum qurollarini sotishni taqiqlashga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 7 fevral kuni kechqurun Vakillar palatasi va Kongress Senati oldida qilgan nutqida aytgan. Nutq matni Oq uy Matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

“Hujum qurollarini bir marta va butunlayga taqiqlang. Biz buni oldin ham qilganmiz. Keling ishni bajaraylik va hujum qurollarini yana taqiqlaylik”, dedi Bayden. 

Ta’kidlash joizki, Bayden 1994 yilda ham qurol savdosini taqiqlashni ilgari surgan va qurol sotish 10 yil davomida taqiqlanishiga erishgan. Shuningdek, Bayden taqiq amalda bo‘lgan 10 yil ichida ommaviy otishmalar soni kamaygani va cheklov muddati tugaganidan keyin ommaviy otishmalar soni uch baravar oshganini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda AQSHda 2 marotaba ommaviy otishma sodir bo‘lgan va ularning birida 11 kishi, yana birida 7 kishi halok bo‘lgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing