Bayden AQSHda favqulodda holat rejimini uzaytirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden saylovlarga chet el aralashuvi tahdidi yoki aholining saylovga ishonchini susaytirishi sababli milliy favqulodda holatni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda kecha, 7 sentyabr kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Oq uyda qayd etishlaricha, ayrim shaxslarning saylovga xalaqit berish qobiliyatiAQSHning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga noodatiy va favqulodda xavf tug‘dirishda davom etyapti.

Vashingtonga ko‘ra, biron bir xorijiy kuch ovozlarni sanab chiqish yakunlari yoki natijalarini o‘zgartirgani haqida hech qanday dalil yo‘q bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda raqamli va internet aloqalarining tarqalishi xorijiy aralashuv tahdidining ko‘lami va intensivligini oshirdi.

Avvalroq Vashingtonda Rossiya tomoni AQSHdagi saylov jarayoniga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblangan edi. Moskva bu kabi ayblovlarni doimo rad etib keladi.

Dastlab 2018 yil 12 sentyabrda kiritilgan favqulodda holat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi bildirishnoma Federal reyestrda e’lon qilinadi va AQSH Kongressiga taqdim etiladi. AQSHda oraliq saylovlar 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing