Bayden Afg‘onistonni alohida maqomdan mahrum qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonni Amerikaning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchilari ro‘yxatidan chiqarayotganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Men Afg‘onistonni AQSHning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchilaridan biri sifatida tasniflashni to‘xtataman”, deyiladi Oq uy saytida e’lon qilingan Prezident memorandumida.

AQSHning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchisi maqomi Afg‘onistonga 2012 yilda Prezident Barak Obama davrida berilgan edi. 

Ma’lumot uchun, AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini e’lon qilganidan keyin “Tolibon” harakati Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa Respublikani tark etdi. Oy oxirida Amerika kontingenti ham afg‘on diyoridan to‘liq chiqdi. Shu tariqa AQSHning 20 yillik harbiy missiyasi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing