Bayden 11 sentyabr teraktining 20 yilligi munosabati bilan Amerika xalqiga murojaat qildi

Olam

image
“Allo, samolyotni terrorchilar egalladi”. 11 sentyabr terakti qanday sodir etilgandi?  north_east

“Allo, samolyotni terrorchilar egalladi”. 11 sentyabr terakti qanday sodir etilgandi? 

Bugun AQSH Prezidenti Jo Bayden 11 sentyabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi va Amerika xalqiga murojaat qildi. Davlat rahbarining nutqi uning Twitter’dagi sahifasida jonli efirga uzatildi.

“Men uchun 11 sentyabr – katta saboq. Uning mohiyati shundan iboratki, eng ojiz damlarda, Amerika ruhi uchun kurashda birlik bizning eng ulkan kuchimiz bo‘ldi. Birlik hammamiz yagona narsaga ishonishimiz kerakligini anglatmaydi. Biz bir-birimizga va ushbu millatga nisbatan hurmat va ishonchda bo‘lishimiz kerak”, deydi AQSH Prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, inson tabiatining qora kuchlari – qo‘rquv va g‘azab, nafrat va zo‘ravonlik Amerika birligiga putur yetkaza olmadi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 11 sentyabr kuni AQSH Prezidenti va birinchi xonimi terrorchilik harakatlaridan zarar ko‘rgan uch joyga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda: Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi, Pentagon va “United Airlines” 93 reysi halokatga uchragan Pensilvaniya shtatining Shanksvill shaharchasi yaqinidagi maydonga.

Nyu-Yorkda xotira marosimi an’anaviy tarzda ertalabki soat 08:46 da boshlanadi, 2001 yil aynan shu daqiqada terrorchilar tomonidan o‘g‘irlangan birinchi samolyot savdo markazining shimoliy minorasiga qulab tushgan edi. Marosim chog‘ida barcha qurbonlarning ismlari teraktlar sodir etilgan daqiqalarda tanaffus bilan o‘qib eshittiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing