“Bavariya” Myuller bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sport

image

Germaniyaning "Bavariya" klubi yarim himoyachi Tomas Myuller bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 32 yoshli yarim himoyachining klub rahbariyati bilan muzokaralari aprel oyining dastlabki kunlarida boshlangan. Hozirda tomonlar kelishuvga erishgan.

32 yoshli futbolchi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Yangilangan shartnoma shartlariga ko‘ra, Myuller yiliga 20 million yevroga yaqin maosh oladi. Bu esa uni Myunxendagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantiradi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Tomas Myuller “Bavariya” safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Bavariya” bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi. “Transfermarkt” portali germaniyalik iqtidor egasini 25 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing