“Bavariya” Devis o‘rniga sobiq “Real” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

“Bavariya” “Real” qiziqayotgan asosiy chap qanot himoyachisi Alfonso Devisga o‘rinbosar topdi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” rahbariyati Devisga muqobil sifatida “Milan”ning asosiy chap qanot himoyachisi Teo Ernandesni ko‘rib chiqmoqda. Klub rahbariyatining fikricha, aynan fransuz futbolchisida Germaniya klubida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar mavjud, biroq hamon “Bavariya”ning ustuvor vazifasi Devisni jamoada saqlab qolish bo‘lmoqda. Myunxenliklar uning 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirishdan umidini uzmayapti.

Teo Ernandes “Milan”dan oldin “Real”, “Atletiko”, “Alaves” va “Real Sosedad” klublarida o‘ynagan. Joriy mavsumda Fransiya terma jamoasi himoyachisi barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda, u “rossonerilar” safida 197 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan va 35 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Qayd etish joiz, hozirda “Bavariya”da ishlar yaxshi emas. Myunxenliklar Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida “Latsio”ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi. Bungacha “Bavariya” Bundesligada “Bayer”ga yutqazdi (0:3).


Maqola muallifi

Teglar

Real Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing