“Bavariya”dan yirik g‘alaba, “Lokomotiv”ning Moskvadagi mag‘lubiyati va boshqa natijalar

Sport

image

Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan 6 ta uchrashuv o‘tkazildi.

Londonda Angliyaning "Tottenxem" klubi mehmoni bo‘lgan Myunxenning "Bavariya" jamoasi 7:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Gnabri pokerga, Levandovski dublga erishdi.

"Yuventus" esa o‘z maydonida Liverkuzenning "Bayer" jamoasi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Moskva "Lokomotiv"i o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Madridning "Atletiko" jamoasiga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tottenxem Angliya – Bavariya Germaniya 2:7 (1:2, 1:5)
"Tottenxem Xotspur Stedium"
Gollar:1:0 – 12 Son Xyon Min, 1:1 – 15 Kimmix, 1:2 – 45 Levandovski, 1:3 – 53 Gnabri, 1:4 – 55 Gnabri, 2:4 – 61, penalti Keyn, 2:5 – 83 Gnabri, 2:6 – 87 Levandovski, 2:7 – 88 Gnabri.

Tottenxem –Loris, Vertongen, Rouz, Alderveyreld, Ore, Uinks (Lamela, 81), Ndombele (Eriksen, 64), Alli (Lukas Moura, 71), Sissoko, Son Min, Keyn.

Bavariya – Noyer, Alaba (Alkantara, 46), Pavar, Boateng (Martines, 72), Kimmix, Tolisso, Koutino, Koman (Perishich, 71), Gnabri, Zyule, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Gnabri (25), Ndombele (42), Keyn (46).


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya g'alaba Lokomotiv mag'lubiyati

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar