“Bavariya” “Barsa”ning ikkita taklifini rad qildi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiyning transferi ustida ishlashda davom etmoqda. Bu haqda “Sky Sport Deutschland” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi 33 yoshli hujumchini sotishga tayyor. Biroq “Bavariya” polyakning narxini oshirish va unga munosib o‘rinbosar topish uchun vaqtni cho‘zmoqda.

Qayd etish joizki, nemis klubi “Barselona”ning ikkita taklifini javobsiz qoldirdi. Sababi “Bavariya” hali ham hujumchini 60 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. “Ko‘k anorranglilar” esa Levandovskiy uchun 40 million yevro to‘lashni mo‘ljallamoqda. “Barsa” rahbariyati ushbu mablag‘ Robert bilan shartnoma imzolash uchun yetarli bo‘lishiga ishonadi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Levandovskiy “Bavariya” safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Polshalik hujumchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali 33 yoshli hujumchini 50 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing