“Barselona” zahira futbolchisi uchun 50 mln so‘ramoqda

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi “Barselona” vingeri Malkomni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagan. Ammo kataloniyaliklar futbolchining transferidan kamida 50 mln yevro ishlab olishni xohlamoqda.

London klubi futbolchi uchun 35-40 mln atrofida to‘lamoqchi. Transfer narxi borasida kelisha olmasa “konanirlar”braziliyalik futbolchini ijaraga olish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

Futbolchining o‘zi APLda to‘p surishga qarshi emas. U shu yozning o‘zida jamoani tark etishni xohlamoqda. Jamoaga Grizmanning kelib qo‘shilishi uning zahiradan maydonga tushishini ham so‘roq ostida qoldirmoqda. 

Mak’lumot uchun, Malkom 2018 yil yozida 41 mln yevro evaziga “Bordo”dan “Barselona”ga o‘tgandi. U o‘tgan mavsum La Ligada atigi 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Arsenal Mal'kom

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing