“Barselona” yozgi transferlar uchun 210 mln yevro qarz olmoqchi

Sport

image

“Barselona” yozgi transfer kampaniyasini moliyalashtirish uchun 210 million yevro miqdorida qarz olishga tayyor. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub likvidlik inqiroziga duch kelgani sababli kelasi mavsumda kutilayotgan daromadlar hisobidan qarz jalb qilishga qaror qilgan. Rahbariyat ushbu mablag‘ni rejalashtirilgan transferlarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi omil deb hisoblamoqda.

Ajratilgan mablag‘ning faqat bir qismi yangi futbolchilarni sotib olishga yo‘naltiriladi. Qolgan mablag‘ning bir qismi futbolchilarning ish haqi va kundalik operatsion xarajatlarni qoplashga sarflansa, asosiy qismi esa tarkibni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

Hozirda klub uch nafar futbolchi transferi ustida faol ish olib bormoqda. Ular “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares, “Al-Hilol” himoyachisi Joau Kanselu hamda “Borussiya Dortmund” vingeri Karim Adeyemi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Entoni Gordonni 80 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing