“Barselona” Yevropa Ligasining favoriti – Pedri

Sport

image

Kecha, 17 mart kuni Yevropa ligasi nimchorak final javob o‘yinlari doirasida, “Barselona” Istanbulning “Galatasaroy” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Katalonlar “Turk Telekom” stadionidagi dahshatli atmosferaga qaramasdan, 2-1 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi. 

Ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Pedrining “Movistar Plus” nashriga aytishicha,“Galatasaroy” bilan birinchi uchrashuvdagi durang kutilmagan natija bo‘lgan. Shu sabab, “Barsa” Istanbulga g‘alaba uchun kelgan va qiyinchilik bilan bo‘lsa-da g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi.

Pedrining fikricha, keyingi bosqichda raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar Kataloniya klubi Yevropa ligasini yutish uchun asosiy da’vogardir.

“Biz “Kamp Nou”da “Galatasaroy” bilan 0-0 hisobida durang natija qayd etishni kutmagandik. Shuning uchun Isatanbulga faqat g‘alaba qozonish uchun kelgandik va bunga erishish juda qiyin bo‘ldi. Men hech qachon o‘z jamoasiga bunchalik kuchli turtki beradigan stadionda o‘ynamaganman. “Galatasaroy” ishqibozlari har qanday raqibni aqldan ozdirishi mumkin. Tezkor gol o‘yinga yaxshiroq kirishga yordam beradi. Ko‘ramiz qur’a yakunida biz kimga raqib bo‘lar ekanmiz. Lekin menimcha, “Barselona” Yevropa Ligasining favoriti hisoblanadi. Biz o‘zimizga yoqqan uslubda futbol o‘ynaymiz va undan zavqlanamiz. Umid qilamanki, kubokni qo‘lga kiritamiz”, degan “Barselona” yarim himoyachisi.

Pedrining qo‘shimcha qilishicha, uning urgan gollarini Leo Messiniki bilan solishtirish aqldan ozish demakdir.

“Gol urgan vazitayatimda men faqat zarba berish haqida o‘ylardim. Bo‘sh hudud paydo bo‘lguniga qadar aldamchi harakatlarni amalga oshirdim. Maydonda hammasi o‘z-o‘zidan sodir bo‘ldi. Men baxtliman, ortiqcha narsalar haqida o‘ylashim shart emas. Messi ajoyib gollar urar edi. Mening gollarimni Leo qilgan ish bilan solishtirish aqldan ozishdir”, degan Pedri intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, Pedri joriy mavsumda “Barelona” safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing