“Barselona” yangi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi (foto)

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi 2022-2023 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar berildi.

Forma oq rangda bo‘lib, ko‘kragida qizil va ko‘k rangdan iborat xoch tasvirlanagan . To‘plam dizayni Kataloniyaning eng yuqori mukofotlaridan biri, “Sant Jordi Kross”dan (ushbu mukofot xoch ko‘rinishida) ilhomlangan holda yaratilgan. “Ko‘k anorranglilar” aynan shu medal bilan 30 yil oldin taqdirlangan. Maykada "Barselona" homiylarining logotiplari va Kataloniya klubi emblemasi tasvirlangan. AQSHning “Nike” kompaniyasi “Barselona”ning texnik homiysi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya La ligasining ortda qolgan 2 turidan so‘ng, 4 ochko jamg‘argan “Barselona” musobaqa jadvalida 5-o‘rinni band etib turibdi. “Barsa”ning azaliy raqobatchisi “Real Madrid” esa 6 ochko bilan Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniya klubi navbatdagi uchrashuvni 28 avgust kuni “Valyadolid”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona”

Baholaganlar

9

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing