“Barselona” yana bir urugvaylik hujumchini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi

Sport

image

“Barselona” “Selta” hujumchisi Maksi Gomesga 25 million yevro taklif qildi.

22 yoshli Gomesni xarid qilish narxi - 50 million yevro, ammo “Selta” pastki ligaga tushib ketgan taqdirda bu narx ikki baravarga kamayishi mumkin edi. Ammo klub La Ligada jon saqlab qola oldi. “Selta” forvard uchun 40 million yevrodan kam olmoqchi emas.

Oldinroq Gomesga “Liverpul”, “Atletiko” va “Vest Xem” jamoalaridan qiziqish bo‘layotganligi xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Gomes ushbu mavsumda 35ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Sel'ta

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing