“Barselona” yana bir bor “Real”ni ayab o‘tirmadi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona”si Ispaniya Superkubogi finalida “Real Madrid”ni yirik 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

13 yanvarga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida futbol muxlislari “El klasiko” guvohi bo‘ldi. Bahsda 5:2 hisobida “Barselona” g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 15-marta Superkubok sohibiga aylandi.

Uchrashuvda dastlab, 5-daqiqada Kilian Mbappe madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyin “ko‘k-anorranglilar” birinchi taymning o‘zida Yamal, Levandovski, Balde va Rafinyaning gollari evaziga kambek amalga oshirdi va bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi taym boshida braziliyalik Rafinya yana bir bor “Real” darvozasini ishg‘ol qilib, hisobiga dublni rasmiylashtirdi. 58-daqiqada “Barselona” posboni Voysex Shesni Mbappeni to‘xtatib qoldi va hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 60-daqiqada esa Rodrigo jarima zarbasidan supergol urdi va hisobni qisqartirdi va o‘yin yakuniga qadar shu hisob saqlanib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing