“Barselona” o‘lim guruhida. YeCHLning yangi mavsumi uchun qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2022-2023 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish kerakki, Yevropaning 32 ta klubi har biri 4 tadan iborat 8 ta guruhga ajratildi. 

YeCHLning guruh bosqichida o‘zaro to‘qnash keladigan jamoalar bilan tanishing: 

"A" guruhi: "Ayaks", "Liverpul", "Napoli", "Reynjers"; 

"B" guruhi: "Portu", "Atletiko", "Bayer", "Bryugge"; 

"C" guruhi: "Bavariya", "Barselona", "Inter", "Viktoriya Plzen"; 

"D" guruhi: "Ayntraxt", "Tottenxem", "Sporting", "Marsel";

"E" guruhi: "Milan", "Chelsi", "Zalsburg", "Dinamo Zagreb";  

"F" guruhi: "Real Madrid", "Leypsig", "Shaxtyor", "Seltik";

"G" guruhi: "Manchester Siti", "Sevilya", "Borussiya Dortmund", "Kopengagen";

"H" guruhi: PSJ, "Yuventus", "Benfika", "Makkabi".

Avvalroq, UEFA talqiniga ko‘ra, 2021-2022 yilgi mavsumning ramziy terma jamoasi ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL

Baholaganlar

557

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing