“Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchi e’lon qilindi
Sport
−
30 noyabr 2023 13776 1 daqiqa
Argentinalik to‘p ustasi Lionel Messi “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda “FourFourTwo” nashri xabar berdi.
“Ko‘k-anorranglilar” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar qatorida jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Xavi 2-o‘rinni egalladi. Andres Inesta esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Top-5 ga niderlandiyalik Yoxan Kroyff va braziliyalik Ronaldino kirdi.
Reyting:
1. Lionel Messi;
2. Xavi;
3. Andres Inesta;
4. Yoxan Kroyff;
5. Ronaldino;
6. Diyego Maradona;
7. Samuel Eto′O;
8. Ronald Kuman;
9. Sesar Rodriges;
10. Mikael Laudrup.
Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” safida umumiy 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol urgan va 228 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Kataloniya klubi bilan u 10 marta mamlakat chempioni, 4 marta Yevropa Chempionlar ligasi va 7 marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025