“Barselona” Rodri uchun “Siti”ga uchinchi taklifni yuboradi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Rodri transferini amalga oshirish uchun uchinchi taklifni tayyorlamoqda. Bu haqda  insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” kataloniyaliklarning 50 va 60 million yevrolik takliflarini rad etgan. Endi “Barselona” ingliz klubi talab qilayotgan 80 million yevro bilan 60 million yevro oralig‘idagi summa bo‘yicha kelishuvga erishishga tayyor. Kataloniyaliklar transferni amalga oshirish imkoniyatiga ishonch bilan qaramoqda. 

Rodri 2019 yil yozidan buyon “Manchester Siti” safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

30 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing