“Barselona” prezidentligi uchun nomzodlar tasdiqlandi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi prezidentlik saylovi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda Joan Laporta va Viktor Font klub prezidenti lavozimiga nomzod sifatida kiritilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy nomzod sifatida tasdiqlanish uchun 2337 ta imzo to‘plash kerak bo‘lgan. Ikkala nomzod ham belgilangan chegaradan oshib, talabni bajardi. Uchinchi nomzod Mark Siria Roig kerakli miqdordagi imzolarni to‘play olmagan. Shu sabab u saylovda ishtirok etolmaydi.  

“Barselona” prezidentlik saylovlari joriy yilning 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Klubning amaldagi prezidenti Joan Laporta ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymoqda. Bundan avvalroq Laporta fevral oyida direktorlar kengashining bir qismi bilan qayta saylanish uchun iste’foga chiqqandi.

Ma’lumot uchun, 63 yoshli Laporta “Barselona”ni 2003-2010 yillarda boshqargan va 2021 yilda yana klub prezidenti lavozimini egallagan. Uning rahbarligida “Barselona” 6 marta Ispaniya La Ligasida, 3 marta Ispaniya kubogi, 6 marta Ispaniya Superkubogi, 2 marta Chempionlar ligasi, 1 marta UEFA Superkubogi, 1 marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Joan Laporta Viktor Font

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing