“Barselona” Peresni sudga bermoqchi

Sport

image

Agar “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “Barselona”ga nisbatan aytgan so‘zlarini rad etmasa, unga qarshi tuhmat bo‘yicha sudga murojaat qilinadi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Klubi xabariga ko‘ra, Peresga qarshi Ispaniya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (tuhmat) bo‘yicha jinoiy da’vo kiritishdan oldin majburiy yarashuv tartibida murojaat yo‘llangan.

“Barselona” mazkur chora joriy yilning 12 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hamda keyingi kuni OAVga bergan intervyusida Florentino Peres tomonidan aytilgan fikrlar munosabati bilan ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

Klub bayonotida qayd etilishicha, murojaatning asosiy maqsadi Peresni “Barselona”ning sha’ni va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bayonotlarni tan olish va ularni rad etishga undashdan iborat.

“Agar ushbu murojaat qoniqarli tarzda hal etilmasa, klub tegishli jinoiy da’vo bilan sudga murojaat qiladi”, deyiladi “Barselona” bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Florentino Peres jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida “Barselona” hamda Ispaniya Texnik hakamlar qo‘mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra o‘rtasidagi munosabatlar korrupsion xususiyatga ega bo‘lganini aytgan edi. Shuningdek, u mazkur ish bo‘yicha tegishli hujjatlar UEFA’ga taqdim etilganini va “Barselona”dan 23 sovrinni tortib olish kerakligini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Florentino Peres “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing