“Barselona”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi aniq bo‘ldi

Sport

image

“Barselona” yozgi transfer oynasi oldidan dastlabki ishlarni boshlab yubordi. Kataloniyaliklar Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi narxi 50 million yevrodan sal ko‘proq bo‘lgan Uilyams bilan shartnoma imzolashni yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri etib belgilagan, biroq klubdagi moliyaviy muammolar bu transfer amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, hozirda Niko “Atletik”dagi faoliyatidan mamnun, ammo “Barselona”ning taklifi futbolchining Bilbaoda qolish qarorini o‘zgartirishi mumkiin. Uilyams 2013 yilning yozidan buyon “Atletik”da to‘p tepib keladi va uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Niko klub safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Atletik” hamon Yevropa Chempionlar ligasi zonasiga kirish uchun nazariy imkoniyatni saqlab qolmoqda, ammo “Atletiko Madrid” bilan oradagi farq hozirda olti ochkoga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletik Niko Uil'yams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing