“Barselona”ning besh futbolchisi koronavirusdan sog‘aydi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubining besh nafar o‘yinchisi koronavirus infeksiyasidan davolandi. Bu haqda RAC1 radiostansiyasi xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kasallik murabbiylar shtabining ikki vakilida koronavirus aniqlangan. Hozirda klubning barcha a’zosi sog‘ayib, mashg‘ulotlarga qaytgan.

“Barselona” futbolchilari ayni kunlarda odatiy tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazyapti. Koronavirus sabab mart oyida to‘xtab qolgan Ispaniya chempionati 11 iyun kuni qayta boshlanadi. Birinchi matchda “Sevilya” “Betis”ni qabul qiladi. 13 iyun kuni “Barselona” safarda “Malorka” bilan kuch sinashadi.

Ispaniyada epidemiya boshlanganidan beri 239,6 ming kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 27 127 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona koronavirus

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing