“Barselona”ning 3 nafar sotilmaydigan futbolchilari aniq bo‘ldi
Sport
−
12 yanvar 2024 4608 1 daqiqa
Moliyaviy qiyinchiliklar “Barselona”ni deyarli barcha futbolchilar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Gavi va Pedri, shuningdek, himoyachi Ronald Arauxodan tashqari boshqa barcha futbolchilari bo‘yicha muzokaralarga tayyor.
Gavi, Pedri va Arauxoning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Kataloniya klubi ayni damda 41 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Real”dan 7 ochko ortda qolmoqda.
“Barselona” Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Napoli”ga qarshi bahs olib boradi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust