Sirli homiy “Barselona”ning 1,5 milliardlik qarzini to‘lab bermoqchi

Sport

image

Nomi tilga olinmagan Dubay kompaniyasi “Barselona” klubining 1,5 milliard yevro miqdoridagi qarzini to‘lab berishga tayyor. Bu haqda “Sport.es” telekanali xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, Dubayda joylashgan kompaniya “Barselona”ga kamida ikki yilga moratoriy taklif qilishga tayyor. Shunday qilib, Kataloniya jamoasining qarzini dubaylik ishbilarmonlar to‘laydi va “ko‘k-anorranglilar” bu kompaniyadan qarz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, sirli homiy klubga kechiktirilgan to‘lov pulini taqdim qiladi. Bu variant klub uchun normal faoliyatga qaytish imkonini beradi.

Ushbu taklif “Barselona” uchun juda foydali, chunki moratoriyni 2 yildan 12 yilgacha bo‘lgan muddatga belgilash mumkin. Shu bilan birga, jamoa qarzini to‘lashga tayyor bo‘lgan Dubay kompaniyasi biznes hamkoriga nisbatan keskin talablar qo‘ymagan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval, “Barselona” prezidenti Joan Laporta matbuot anjumani o‘tkazdi va klubning moliyaviy holati ayanchli ahvolda ekanini aytib o‘tgandi. Shuningdek, jamoa 1,5 milliardga yaqin qarzdan qutulishi uchun aksariyat futbolchilarning maoshi sezilarli darajada qisqartirilgani ta’kidlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Sport Joan Laporta Dubay investorlari

Baholaganlar

278

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing