“Barselona”ni La Liga g‘olibligidan 2 ochko ajratib turibdi
Sport
−
03 may 2023
5320“Barselona” Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘lish uchun 2 ochko to‘plasa kifoya. Chempionatning 33-turida “ko‘k-anorranglilar” “Osasuna”ni kichik hisobda mag‘lub etdi. Kataloniya klubining asosiy ta’qibchisi “Real” esa oxirgi turda “Real Sosedad”ga 2 ta to‘p farqi bilan yutqazib qo‘ydi.
Kataloniyaliklar 33 o‘yindan so‘ng 82 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar esa 33 o‘yinda 68 ochko to‘plagan. Jamoalar chempionatda hali beshta o‘yin o‘tkazishlari kerak.
83 - "Real Madrid" keyingi o‘yinlarda 5 ta g‘alaba qozongan taqdirda to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ochkolar soni.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari chempionlik unvonini qo‘lga kiritish uchun ikki ochko to‘plashi kerak. Agar ochkolar teng bo‘lsa, “Real Madrid” qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘ladi.
“Barselona” La Ligadagi navbatdagi o‘yinini mehmonda “Espanol”ga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi