“Barselona” nihoyat yetakchi futbolchisini La Ligadan ro‘yxatdan o‘tkazdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachi Gavini 30-raqam ostida rasman La Ligadan ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda liga o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

2022 yil sentyabrida futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng u 6-raqam ostida to‘p tepayotgandi. Endilikda 18 yoshli futbolchi yana 30-raqamli futbolkada to‘p tepadi.

Avvaliga La Liga Gavining “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolashiga qarshilik qilib keldi, chunki klubning bu kelishuvni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyati yo‘q edi. Shundan so‘ng u bir muddat Kataloniya klubi asosiy tarkibidan chetda qoldi.

Gavi o‘tgan mavsumdan beri “Barselona”ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi 37 o‘yinda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga “Barselona”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing