“Barselona” Neymarning transferi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi “Barselona” yarim himoyachisi Andre Gomesh rasman “Everton” a’zosiga aylandi.

“Barselona” futbolchisi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Everton” safida to‘p surgan edi. Angliyaliklar futbolchi uchun 25 mln yevro to‘lab berishdi.

Gomeshga “Everton”dan tashqari bir qator ingliz klublari qiziqish bildirayotgan edi. Mavsum yakuni arafasida Londonning “Tottenhem” klubi ham futbolchi uchun kurashib ko‘rishini ma’lum qilgan edi.

Futbolchining transferidan tushgan mablag‘lar yangi futbolchilarni sotib olish uchun ishlatiladi. Eslatib o‘tamiz “Barselona” joriy transfer oynasida Neymar va Гризманни o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Ikki futbolchining transferi uchun katalonlar 300 mln yevro ishlatmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar Grizmann

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing