“Barselona” muxlislarini ogohlantirdi
Sport
−
09 yanvar 2024 2983 1 daqiqa
“Barselona” o‘z muxlislarini Saudiyada o‘zini tutish qoidalari haqida ogohlantirdi. Ma’lumki, Ar-Riyodda jamoa Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Osasuna”ga qarshi o‘ynaydi.
“Ommaviy tadbirda o‘zaro hurmat va ehtiyotkorlik tavsiya etiladi. Nomaqbul ishlar , shu jumladan har qanday jinsiy xatti-harakatlar chet elliklar uchun qonuniy jazoga olib kelishi mumkin. Noma’lum joylarda, ayniqsa tunda ko‘chada yurmang! Avtomobillaringizni qulflashni unutmang. Agar biron bir shubhali harakatni sezsangiz, politsiya bo‘limiga murojaat qiling. Har qanday miting yoki namoyishlardan qoching. Saudiya Arabistoni va G‘arb davlatlari fuqarolari, shu jumladan Ispaniya, mamlakatda va qo‘shni davlatlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarning asosiy nishoni hisoblanadi”, deyiladi “Barselona” bayonotida.
Hozirgi vaqtda “Osasuna” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 22 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda, “Barselona” esa 41 ochko to‘plab, 3-o‘rinni band etgan.
Ma’lumot uchun. “Barselona” – “Osasuna” uchrashuvi 11 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.
Live
Barchasi