“Barselona” Messini yana chorlamoqda

Sport

Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJ futbolchisi Lionel Messini yanvar oyidagi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Xabarga ko‘ra, argentinalik qishki bozorda "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy transfer maqsadi bo‘ladi.

Messining PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. 35 yosh va kelishuv bilan bog‘liq vaziyat tufayli futbolchining transfer bozoridagi narxi ancha arzon bo‘lishi mumkin, biroq parijliklar mavsum o‘rtasida o‘z yetakchilaridan birini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi ehtimoli past.

Messi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 6 gol va 9 golli uzatmaga ega. Argentinalik futbolchi "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Avvalroq Messi YeCHL guruh bosqichi o‘yinida 2 ta gol va 2 ta assist qayd etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgandi.

Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati 2022 da ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 55 nafar futbolchining dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi. "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea ro‘yxatdan o‘rin olmadi.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining final bosqichi uchun yakuniy qaydnomaga 26 nafar futbolchi kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, De Xea Ispaniya terma jamoasida 2014-yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. Shundan buyon 31 yoshli darvozabon 45 ta o‘yinda qatnashgan va 21 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Lafboro shahrida tennis bo‘yicha ITF tasnifiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning birinchi raqamli raketkasi hisoblangan O‘zbekiston vakilasi Nigina Abdurayimova turnirning final bosqichiga yo‘l oldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Abdurayimovaning yarim finaldagi raqibi Yelina Maligina jarohat sabab yarim final bosqichida ishtirok etmagan. Shu sababli O‘zbekistonlik tennischi to‘g‘ridan to‘g‘ri finalda o‘ynaydigan bo‘lgan.

Finalda Nigina Abdurayimovaga britaniyalik Emili Appleton raqiblik qiladi. Appleton WTA reytingida 791-pog‘onani band etgan bo‘lsa, Abdurayimova reytingda 167-o‘rinda bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun 29-oktyabr kuni Lafborodagi musobaqa yakunladi.

Quvonchbek G‘aybullayev

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing