“Barselona” Messi bilan butun umrlik shartnoma tuzmoqchi

Sport

image

“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi. Klub rahbariyati Messining “Barselona”da abadiy qolishini istashyapti.

“Biz Messi bilan shartnomani uzaytirishni xohlaymiz. U hali yosh va yana uzoq muddat “Barselona”da o‘ynay oladi. Kelgusi oylardan uning Kataloniyada uzoq vaqt qolishi uchun muzokara stoli atrofida yig‘ilamiz.

Messi bir klubning futbolchisi. U biz uchun faqat maydonda to‘p surishdan ko‘ra, ko‘proq ishlarni amalga oshirmoqda. Uning “Barselona” bilan aloqalari abadiy davom etadi. Messining futbolchi sifatida undan keyin klub tizimida doimiy qolishini istaymiz”, deb aytib o‘tgan Bartomeu.

Joriy mavsum Lionel Messi “ko‘k-anorranlilar” tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol kiritdi. Bundan tashqari forvard sheriklariga 21 marta gol uchun aniq pas bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing