“Barselona” “Man Siti” a’zosini sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi
Sport
−
16 avgust 2023
2022“Manchester Siti” va “Barselona” Joau Kanseluning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi himoyachini keyingi yozda sotib olish majburiyati bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Muzokaralar shu hafta yakunlanishi kutilmoqda.
“Manchester Siti” Kanseluni qo‘yib yuborishga tayyor, ammo futbolchiga qo‘yilgan narxni kamaytirmoqchi emas. “Shaharliklar” futbolchining ijara shartnomasidan tashqari uning sotuvidan 60 million yevro ishlab olmoqchi.
“Barselona” Xulian Arauxo ijara asosida “Las-Palmas”ga ketganidan keyin va Serjino Destning ehtimoliy transferi munosabati bilan himoyaning o‘ng qanotini kuchaytirmoqchi.
“Manchester Siti” bilan 2027 yilgacha shartnomasi mavjud bo‘lgan Kanseluga Saudiya klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq u “Barselona”ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Bavariya”da ijara asosida o‘tkazdi. Joau APLning 1-turida “Bernli”ga qarshi (3:0) uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. Shuningdek, u katta ehtimol bilan APLning 2-tur o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi.
LiveBarchasi