“Barselona” Lopes bilan yangi shartnoma imzoladi
Sport
−
10:02 429 1 daqiqa
Ispaniyalik yarim himoyachi Fermin Lopes “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachining maoshi yangi shartnoma asosida ikki baravar oshirilgan. Shuningdek, Lopesning shartnomasidagi tovon puli (ozod qilish bandi) miqdori ham ikki baravar ko‘paytirilgani ta’kidlangan.
Fermin Lopes “Barselona” yoshlar tizimi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 13 yoshida “Betis” akademiyasidan Kataloniya klubiga kelib qo‘shilgan. “Barselona”ning asosiy jamoasi safida Lopes barcha musobaqalarda 114 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol va 22 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi