“Barselona” Livakovich transferi ustida ishlamoqda
Sport
−
12:38 265 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi xorvatiyalik darvozabon Dominik Livakovichning transferi bo‘yicha “Fenerbahche” bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvga yaqin. 31 yoshli darvozabonning transferi kataloniyaliklarga bonuslarni hisobga olmagan holda taxminan 3 million yevro tushishi mumkin.
Kelishuvga ko‘ra, Livakovich 2027 yil yozida “Barselona”ga o‘tishidan oldin Zagrebning “Dinamo” klubida bir mavsum ijara asosida o‘ynashi kutilmoqda.
Kataloniya klubi xorvatiyalik futbolchini shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadigan Voysex esnining o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Joan Garsiya esa jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” jamoasi o‘zining sobiq darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni Amsterdamning “Ayaks” klubiga bir mavsum ijaraga bergandi.
Live
Barchasi