“Barselona” Levandovski uchun qancha to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yaqin vaqt ichida “Bavariya” bilan Robert Levandovski transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 33 yoshli hujumchini 30 million yevroga sotib olishni mo‘ljallamoqda.

Shu bilan birga, "Barsa" transfer summasini 35 million yevrogacha oshirishi mumkin. Bu “ko‘k anorranglilar” rahbariyati tomonidan belgilangan maksimal narx chegarasidir.

Polshalikning futbolchi “Barselona”ga o‘tishni juda-juda istamoqda. Robert ushbu transfer amalga oshishi uchun, maoshini kamaytirishga ham tayyor.

“Bavariya”da u yiliga 22 million yevro maosh oladi. Agar, u “Barsa”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, yillik maoshi 16 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Robert Levandovski “Bavariya” safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 47 ta gol urdi va 6 ta goli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 33 yoshli futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing