“Barselona” Kumanni iste’foga chiqardi
Sport
−
28 Oktabr 2021
5283Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub saytida xabar berildi.
Klub La Liganing 11-turi doirasida “Rayo Valekano”dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng 58 yoshli mutaxassis iste’fosini rasman e’lon qildi.
Ronald Kuman “Barselona”ni 2020 yil avgustdan beri boshqarib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda Kuman boshqaruvida “Barsa” Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, La ligada esa 3-o‘rinni egalladi.
Kuman “Barselona” boshqaruvida o‘tgan mavsumda Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, ammo YeCHL va La Ligada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
2021-2022 yilgi mavsumda esa klub chempionatda 15 ochko to‘plab, 9-pog‘onada bormoqda. UEFA Chempionlar ligasida esa “Barselona” uchinchi turdan keyin 3-o‘rinni egallab turibdi.