“Barselona” korrupsiyada ayblandi. Klub ishni sudga oshirish niyatida

Sport

image

“Barselona” klubi sobiq vitse-prezident Emili Rusoning jamoadagi o‘g‘irlik haqidagi so‘zlariga nisbatan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Moviy-anor ranglilar press-relizida aytilishicha, jamoa korrupsiyaga oid barcha ayblovlarni rad etgan. Bundan tashqari, kataloniyaliklar rahbariyati bu amaldorni sudga berishlari mumkinligi ta’kidladlangan.

“Russoning OAVga bergan intervyusida tilga olingan, korrupsiya deya tasniflangan jiddiy va asossiz ayblovlarning barchasini “Braselona” qat’iy rad etadi. Shu bilan birga, sud choralarini ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq, “Barselona” olti nafar direktori koronavirus sababli ishdan bo‘shagani haqida xabar bergan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing