“Barselona” Xavi bilan kelishib oldi

Sport

image

“Barselona” Qatarning “Al-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi bilan shartnoma tuzishga kelishib oldi. Bu haqda “Diarip Sport” xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi “Al-Sadd”ni 41 yoshli ispan bilan shartnomani bekor qilishga ko‘ndirgan. Ta’kidlanishicha, shartnomada Xavining badal puli 1 mln yevro etib belgilangan.

Xavi bilan birga uning Qatar klubidagi shtab azolari: yordamchilar Oskar Ernandes va Serxio Alegri, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Ivan Torres “Barselona”ga kelishadi.

Xavi Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1997 yildan 2015 yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan. 2015 yilda ispaniyalik futbolchi “Al-Sadd”ga ko‘chib o‘tdi va u yerda to‘rt mavsumni o‘tkazdi. U 2019 yilda futbolchilik karerasini tugatib, jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan.

Avvalroq, 2020 yil avgustdan beri “Barselona”ni boshqarib kelayotgan niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman Ispaniya La ligasining navbatdagi turida “Rayo Valekano”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing