“Barselona” ketma-ket ikkinchi marta mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
17 fevral 1421 1 daqiqa
Kecha, 16 fevral kuni La Liga 24-turi doirasida Kataloniya derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Jirona” o‘z hamshaharlari “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlabki bo‘limda jamoalar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan, 45+3-daqiqasida Lamin Yamal 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Pau Kubarsi “Barselona”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, 61-daqiqada Tomas Lemar hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqaga kelib, Fran Beltranning goli “Jirona”ga g‘alabani ta’minladi.
Shu tariqa, “Barselona” ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi. Kataloniyaliklar bundan oldingi uchrashuvda “Atletiko Madrid”ga yirik 4:0 hisobida yutqazgandi.
Natijada, “Real Madrid” La Liga turnir jadvalida 60 ochko jamg‘argan holda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xansi Flik shogirdlari esa ushbu mag‘lubiyatdan keyin 58 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Live
Barchasi