“Barselona” ispaniyalik forvard transferini e’lon qildi
Sport
−
05 iyul 2023 3427 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi ispaniyalik futbolchi Inigo Martines transferini amalga oshirdi. Bu haqda jamoa Matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan 2 yillik shartnoma imzolagan. Martines “Barselona” safiga erkin agent sifatida qo‘shilgan bo‘lishiga qaramay, klub u uchun 400 million evro tovon puli ham to‘lab beradi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Martinesning “Atletik” klubi bilan shartnomasi 2023 yil 30 iyun kuni tugaganidan keyin, amalda jamoasiz edi.
U 2018 yildan buyon sharafini himoya qilib kelayotgan “Atletik” safida 2022/2023 yilgi mavsum davomida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr