“Barselona” “Inter”ning ikki futbolchisiga ko‘z tikdi

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" qishki transferlar oynasida o‘z tarkibiga himoyachilarni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda."Ko‘k-anorranglilar" "Inter" himoyachilari Stefan de Vrey va Milan Shkrinyarlarni o‘z tarkibiga jalb qilmoqchi. Ispaniyaning  grand jamoasi o‘z himoyachisi Samuel Umtitining doim jarohat olishidan norozi bo‘lgan holda uning o‘rniga futbolchi qidirmoqda.

Shu bilan birgalikda 3 ta frontda kurash olib borayotgan milanliklar bir yo‘la ikki himoyachisini mavsumlar oralig‘ida qo‘yib yuborishi qiyin masala.

Ma’lumot uchun, Stefan de Vrey "Inter" tarkibiga 2018 yilda, Milan Shkrinyar 2017 yilda kelib qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Interning ikki futbolchisiga

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing