“Barselona” ilk transferi taqdimotini o‘tkazdi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi yangi mavsum avvalidagi ilk transferini omma oldida tanishtirdi.

Xabaringiz bor, kataloniyaliklar qishdayoq “Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yongni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Lekin shartnomaga ko‘ra futbolchi joriy yilning yozida klub ixtiyoriga kelib qo‘shilishi kerak edi.

Kecha, 5 iyul kuni “Kamp Nou” stadionida muxlislar va OAV uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Ma’lum bo‘lishicha futbolchining tanishtiruv marosimiga 200 dan ortiq jurnalist va 20 mingdan ziyod “Barselona” ishqibozlari tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, Frenki de Yong o‘tgan mavsumda “Ayaks” tarkibida Gollandiya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan edi. YeCHL musobaqasida esa u jamoadoshlari bilan yarim finalgacha yetib bora olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ayaks Frenki de Yong

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing