“Barselona” Grizmanni jamoaga olib kelmaydi

Sport

image

“Barselona” vaqtinchalik “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning transferini muzlatib qo‘ydi.

Kataloniyaliklar prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning бундай qarorga kelishida bir nechta faktorlar rol o‘ynamoqda.

Birinchidan, o‘yinchining narxi va uning maoshi. Grizmanning transferi 120 million yevroni, yillik maoshi esa 17 million yevroni tashkil qiladi.

Ikkinchidan, “Barselona” futbolchilari fransiyalikning jamoaga o‘tishiga qarshi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 61ta o‘yinda maydonga tushib, 29ta gol va 13ta assistga erishgan.

U oldinroq jamoadan ketishini e’lon qilgan edi. Futbolchiga shuningdek MYU va PSJ jamoalari qiziqish bildirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol Grizmann

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing