“Barselona” Gordon transferini e’lon qildi
Sport
−
30 may 817 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Entoni Gordonni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Gordonning yangi shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Avvalroq, Ispaniya klubi 25 yoshli qanot futbolchisi uchun kamida 80 million yevro to‘lashi haqida xabar bergan edi.
Gordon 2024 yil oktyabrida “Nyukasl Yunayted” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. U joriy mavsumda 17 ta gol urib (shundan 10 tasini Chempionlar ligasida), jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Biroq uning boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalayotgan bir paytda, Angliya Premer-ligasining so‘nggi oltita uchrashuvida maydonga tushmadi.
Shuningdek, Gordon avvalroq Angliya milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilgan edi. Angliya mundialda “L” guruhida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Live
Barchasi