“Barselona” Gaviga o‘rinbosar topdi

Sport

image

“Barselona” klubi qishki transfer oynasida tarkibni Viktor Roke bilan kuchaytirmoqchi. Klub yanvarda Rokeni ro‘yxatdan o‘tkazib, uni vaqtincha jarohat olib safdan chiqqan Gavi o‘rniga o‘ynatmoqchi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Biroq, “Barselona”ga Rokeni o‘z safiga qo‘shib olishda moliyaviy omillar to‘sqinlik qiladi – klub “Barca Studios”ning 9,8% ulushini sotib olgan Germaniyaning “Libero” investitsiya fondidan haligacha 40 million yevro olmagan.

Hozirda “Barselona” hamkorlaridan to‘lovni kutmasdan braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish borasida ish boshlagan.

Roke “Barselona”ning qishki transfer oynasidagi yagona yangi futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish zarur deb hisoblasa-da, sport rahbariyati va klub Rokening kelishini muhimroq, deb o‘ylamoqda. Pedri va Frenki de Yong, shuningdek, Fermin Lopes va yoshlar jamoasi o‘yinchilarining qaytishi “Barsa”ga Gavining o‘rnini bilintirmaslik uchun yetarli bo‘lishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, yana bir yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolanishi ham istisno qilinmayapti – bu klub “Libero”dan pul olishiga bog‘liq bo‘ladi.

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida Vitor Roke transferini e’lon qilgandi. Hozirda 18 yoshli hujumchi “Atletiko Paranaense”da o‘ynaydi. Kelishuvga ko‘ra, Roke keyingi yil yozida Kataloniya klubi a’zosiga aylanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Gavi Viktor Roke

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing