“Barselona” Garsiya bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

Ispaniyalik himoyachi Erik Garsiya “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Klub xabariga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchining Ispaniya La Ligasining amaldagi chempioni bilan  shartnomasini 2031 yil yoziga qadar uzaytirdi. 

“Bu qaror “La Masiya”da tarbiya topgan va yosh futbolchilarga a’lo darajada o‘rnak bo‘lib kelayotgan futbolchiga bildirilgan ishonchdir. Uning o‘yini, yetukligi va fidoyiligi klub bilan aloqalarini mustahkamlashda hal qiluvchi omil bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Erik Garsiyaning joriy mavsumda Ispaniya La Ligasi doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. Garsiya o‘tgan mavsum jamoasi bilan mamlakat chempionligi, Ispaniya Superkubogi va Qirol kubogini qo‘lga kiritgan edi. 

Ma’lumot uchun, Garsiya “La Masiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bir muddat “Manchester Siti” safida ham to‘p surgan va 2021 yil yozidan buyon kataloniyaliklar jamoasida o‘ynab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning “Betis”  jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini klub bilan shartnomani 2027 yilgi mavsum yakuniga qadar uzaytirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

shartnoma “Barselona” Erik Garsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing