“Barselona”ga Messi uchun o‘rinbosar kelishi mumkin

Sport

image

“Manchester Siti”ning portugaliyalik futbolchisi Bernardu Silva yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida Angliyaning mashhur “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vingerga “Barselona”dan jiddiy qiziqish bildirilgan. Kataloniyaliklar futbolchini Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Ayni damda “shaharliklar” ham uni sotishga qarshi emas, Pep Gvardiola futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayotganini aytgan.

Futbolchini “Transfermarkt” portalidagi transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Barselona” yaqinda Messi bilan shartnomasini 2 mavsumga uzaytirgan edi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing