“Barselona”ga qaytgan Xavi: “Bizni na durang, na mag‘lubiyat qoniqtiradi”

Sport

image

Qatarning “Al-Sadd” klubi sobiq ustozi “Barselona” klubining bosh murabbiyi etib tayinlangan Xavi Ernandes Kataloniya jamoasi boshqaruviga kelgandan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kamp Nou” har doim mening uyim bo‘lgan. “Barselona” muxlislari mening muxlislarim, mening xalqim, men bu klubni hamma narsadan ko‘ra yaxshi ko‘raman. Men qaytdim. Tez orada ko‘rishguncha, olg‘a, “Barselona!”, degan Xavi “Barselona” matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Ernandes “ko‘k-anorranglilar” jamoasidagi vazifalari haqida gapirdi.

“Barselona” - dunyoning eng yaxshi klubi, shuning uchun men maksimal talablarga tayyorman. Bizni buyog‘iga durang yoki mag‘lubiyat ham qoniqtirmaydi. Oldimizga aniq maqsadlar qo‘yishimiz va g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘ladi. Hozir klub tarixidagi eng yomon paytlar, lekin men optimistman va o‘z g‘oyalarimni jamoaga singdirishni istayman”, deydi Xavi.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya chempionatining 11-turidan so‘ng “Barselona” 16 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab oldi. Chempionlar ligasida 4-turdan keyin 6 ochko jamg‘argan Kataloniya klubi “Ye” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 5 noyabrdan 6 noyabrga o‘tar kechasi Xavi jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. 41 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan imzolangan shartnoma 2024 yilgacha amal qiladi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing